Qattiq mast edi! “Siti” yulduzini tomdan topishdi
- 27-апрел, 18:54
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Jek Grilish hozirda ijara asosida “Everton” safida o‘ynayapti. Mashhur o‘yinchi Manchesterdagi barlardan birining tom qismida sodir bo‘lgan holatdan keyin yana jamoatchilik diqqat markaziga tushdi.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, u do‘stlari bilan dam olayotgan paytda bar tomida uxlab qolgan.
Guvohlardan biri aytishicha, do‘stlari uni uyg‘otishga urinigan, bunday holatga kelib qolishiga esa ko‘p miqdorda alkogol iste’mol qilgani sabab bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, operatsiyadan keyin tiklanayotgan Grilish katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi va Angliya terma jamoasining jahon chempionati uchun tarkibiga kiritilmaydi.
Avvalroq, mart oyida futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda tiklanish jarayoni haqida yozib, “yanada kuchliroq qaytish uchun ishlayapman”, deb bildirgan edi. O‘shanda u gipsdan himoya botinkasiga o‘tayotgan va oyoqqa bosimni kamaytirish uchun maxsus skuterdan foydalanayotgan edi.
Biroq reabilitatsiya jarayoniga qaramay, keyinchalik u yana turli tadbirlarda ko‘rinish berdi. Jumladan “Everton” darvozaboni Jordan Pikford bilan birga Rimga safar qilib, Pikfordning turmush o‘rtog‘i tug‘ilgan kunini nishonlagan.
Eslatib o‘tamiz, Grilish azaldan bazm va kechalarni yaxshi ko‘ruvchi shinavanda yigit sifatida tanilgan. U avval ham qimmatbaho bayramlar uyushtirgan va maydon tashqarisidagi hayot tarzi sabab tabloidlarga qahramoniga aylangan.