
Qadrini va qiymatini yo‘qotgan futbolchilar
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Evropa mamlakatlari ligalarida to‘p tepayotgan futbolchilarning yangilangan transfer summalari bilan tanishtirishda davom etadi.
Bu gal ushbu portal ekspertlari Ispaniya chempionatida narxi keskin pasaytgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, narxi eng ko‘p pasaygan futbolchi Borxa Iglesias bo‘ldi. 30 yoshli hujumchining narxi 50 foizga – 10 million evroga arzonlagani qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda “Atletiko” vakili Toma Lemar bormoqda. Mashhur o‘yinchi etti million evroga arzonladi va bugungi kundagi transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
“Vilyarreal” o‘yinchisi Ben Breretonning transfer summasi 6 million evroga pastladi va endi uni olmoqchi bo‘lgan jamoalar 10 million evrogacha taklif qilishi mumkin.
Fikrlar