
Putin sportdagi erkak "ayollar" haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayollar o‘rtasidagi sport musobaqalariga o‘zini ayolman deb e’lon qilgan biologik erkaklarning ishtirok etishi haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jazoirlik Imon Xelif 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida ayollar o‘rtasidagi boks musobaqalarida Olimpiada chempioni bo‘lgandi. Yaqinda esa Le Correspondant nashri tibbiy hisobotni e’lon qildi. Unga ko‘ra sportchida Olimpiya o‘yinlari oldidan ayollik belgilari yo‘qligi va erkak jinsiy xususiyatlari borligi tashxisi qo‘yilgan. Bundan oldin Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) gender testi natijalariga ko‘ra Xelifni 2023 yilgi Jahon chempionatidan chetlatgan edi.
“Agar u ayol bo‘lsa, Xudo unga sog‘lik va g‘alabalar bersin, men u haqda gapirmayman. Birovning o‘zini ayol deb e’lon qilib, ayollar bilan raqobatga kirishishi mumkin emas. Garchi, tashqi jinsiy xususiyatlar boshqacha taassurot qoldirsa ham. Ammo ba’zi sport nazariyotchilari tashqi jinsiy xususiyatlarning bunga hech qanday aloqasi yo‘q deb hisoblashadi. Shu tariqa odam o‘zini ayol deb e’lon qilishi va hamma narsaga erishish mumkin”, — dedi Putin Valday xalqaro munozara klubining XXI yillik yig‘ilishining yalpi majlisida.
Fikrlar