
PSJ va "Manchester Yunayted" "Yuventus uchun kurashmoqchi
Daily Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Yuventus" xavbeki Emre Jan turinni tark etishi mumkin. 25 yoshli germaniyalik futbolchi uchun PSJ davogarlik qilmoqda va ular transfer uchun 35 million evro sarflashga tayyor.
Xabarlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" ham PSJ bilan Jan uchun kurash olib borishga tayyor. Mankunianliklar germaniyalik futbolchi uchun yaxshiroq taklif tayyorlashmoqchi.
Joriy mavsumda Jan turin klubida 4 o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar