PSJ sobiq futbolchisi Messini qattiq tanqid qildi

  • 25 iyun, 18:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jerom Roten Lionel Messini keskin tanqid qildi. Avvalroq argentinalik futbolchi PSJdagi faoliyati davomida baxtli bo‘lmagani haqida gapirgandi.

Tecno

- U PSJni tanqid qilgandi, ammo aynan PSJ uni qutqarib qoldi. Messi "Barselona"dan ketganida, faqat PSJ unga katta maosh va yuqori darajadagi o‘yin taklif qila oldi, bu esa unga jahon chempionligini qo‘lga kiritishga yordam berdi.

- Nega shikoyat qilyapsan? Nega klub meni hurmat qilmadi, deyapsan? Sen bu erdagi odamlarni hurmat qilarmiding? U hech kimni, ayniqsa, frantsuzlarni hurmat qilmasdi. Hozir u AQShdan turib PSJ va Frantsiya haqida juda dadil gapirmoqda. Uning baxtiyor bo‘lmagani haqidagi hikoyasi... Uning qaerda yashaganini bilasizmi? 500 kvadrat maydonga ega uyda, hamma narsadan to‘liq himoyalangan va bolalar uchun xususiy maktab mavjud. Bizni sening baxtsizligingga ishonishga majburlash kerak emas", - dedi Roten RMC Sport dasturida.

Yakshanba kuni Lionel Messi va uning "Inter Mayami" klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida PSJ bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
25/06/2025 20:23
месси ношукур