PSJ “Siti” ilgari yetmish million yevroga bermagan oʻyinchini yana chaqiryapti
- 20-апрел, 17:23
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” kutilmaganda yaqinlashib kelayotgan yozda Bernardu Silvani qo‘lga kiritish uchun da’vogarlik qilayotgan klublar qatoriga qo‘shildi.
Silvaning “Manchester Siti”dan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan va so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik pleymeyker “Benfika”ga qaytishga moyillik bildirgan. Ammo “Barselona” va keyinroq PSJ mutasaddilarining Bernarduga bog‘langani vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.
PSJ avval ham ikki marta “Manchester Siti” pleymeykerini qo‘lga kiritishga urinagan edi. Xususan, 2023 yil yozida Frantsiya chempioni yarim himoyachi uchun 70 million yevro taklif qilgan. Amma bu taklif “Manchester Siti” tomonidan rad etilgan. Keyingi yoz ham parijliklarning chorloviga ijobiy javob bo‘lmagan.
Bu yozda Bernardu Silva erkin agentga aylanishi va transfer to‘lovi o‘rniga taklif qilinayotgan moliyaviy paket “Park de Prens”ni o‘yinchi uchun jozibali manzilga aylantirmoqda.