
PSJ Messi sabab Eyfel minorasini ijaraga oldi
PSJ klubi argentinalik hujumchi Lionel Messining tanishtiruv marosimi uchun Eyfel minorasidan foydalanishi mumkin.
Parij klubi minorani 10 avgust, seshnaba kuni uchun ijaraga olgan. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, PSJ 2017 yilda “Barselona”ning boshqa bir yulduz futbolchisi – Neymarni tanishtiruvida ham aynan Eyfel minorasidan foydalangan edi.
Avvalroq Messi parijliklar bilan "2 + 1" ko‘rinishadi shartnoma imzolashi ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar