Istaysanmi yo‘qmi, Mbappe sardor bo‘ladi!

  • 6 may, 2023, 18:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati qaroriga ko‘ra, Kilian Mbappe kelasi mavsumdan boshlab jamoa sardori bo‘ladi.

Tecno

Taniqli jurnalist Jon Jonsning ma’lum qilishicha, parijliklar avvaldan bu qarorga kelib bo‘lgan. Biroq, hozirgi sardor – Markinos klub bilan shartnomani uzaytirmagunicha sardorlik vakolati Mbappega topshirilishi sir tutilgan.

Mbappe o‘tgan yili yozda PSJ bilan yangi shartnoma imzolaganidan beri sardorlik vakolati berilishini kutayotgan edi. Manbaning ta’kidlashicha, Markinos rahbariyat qaroridan hayratga tushgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, rahbariyat qarorini o‘zgartirmaydi. Ular buni braziliyalik futbolchiga ortiqcha bosim tushayotgani va sardorlikni Mbappega berish orqali Markinosga engillik yaratilgani bilan izohlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!