PSJ Mbappe masalasini yopdi

  • 9 mart, 2023, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning asosiy hujumchisi Kilian Mbappening klubdan ketishi anchadan beri muhokama qilinmoqda.

Tecno

Parijliklar 24 yoshli to‘purarni 200 million evro to‘laydigan jamoaga transfer qilishi mumkinligi haqidagi xabarlar hali hamon tarqatilmoqda.

L’Equipe nashrining ta’kidlashicha, klub rahbariyati kelayotgan yozda Mbappeni qo‘yib yubormaydi. Kilian bo‘yicha hech qanday takliflar, katta miqdordagi badal puli ham qabul qilinmaydi.

PSJ rahbariyati yangi loyihani Kilian Mbappe atrofida shakllantirmoqchi va ular o‘zlari uchun orzu bo‘lgan sovrin – Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!