
PSJ jamoani tiz cho‘ktirgan raqib o‘yinchisini dahshatli summaga oladi
FIFA tomonidan yangicha formatda tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining finalida “Chelsi” Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen”ni 3:0 hisobida er tishlatgan edi.
Hal qiluvchi bahsda angliyaliklar hujumkor futbolchisi Koul Palmer ikkita gol urishdan tashqari, jamoadoshi Joao Pedroga golli pas ham uzatdi.
Bu bahsdan keyin PSJ klubi Koul Palmerni asosiy transfer nishoniga aylantirdi. Parijliklar jamoani tiz cho‘ktirgan 23 yoshli o‘yinchini olish maqsadida transfer rekordini yangilashga ham tayyor.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, PSJ xo‘jayinlari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining jng zo‘r o‘yinchisi deb topilgan Koul uchun “Chelsi”ga 250 million evro miqdorida badal puli taklif qiladigan bo‘ldi.
Jahon futbolida amaldagi transfer rekordi ham PSJga tegishli. Frantsiya poytaxti sharafini himoya qilayotgan klub 2017 yili “Barselona”dan Neymarni olish uchun 222 million evro sarflagan.
Fikrlar