Professional boksda super jang e’lon qilindi (poster)

  • 8 fevral, 2022, 23:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) WBC va IBF chempioni Errol Spens (27-0, 21 KO) o‘zining navbatdagi jangini WBA chempioni Yordenis Ugasga (27-4, 12 KO) qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv 16 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Texas shtatida joylashgan "AT&T Stadium" arenasida bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

31 yoshli Spens o‘zining oxirgi jangida sobiq jahon chempioni Danni Garsiyani mag‘lub etgan edi. Shundan so‘ng, uning Pakyaoga qarshi jangi jarohat sabab bekor qilingan.

Kubalik Ugas esa Errol Spensning o‘rniga 21 avgust kuni jang qilib, Pakyaoni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan va WBA chempionligini qo‘lga kiritgan.

IMG_20220208_232105_813

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!