
- #Belgiya
- #Joze Mourino
- #Futbol bo‘yicha jahon chempionati
- #Everton
- #Luis Enrike
- #Zinedin Zidan
- #Roberto Martines
- #JCh-2022
- #Lui van Gal
Portugaliya terma jamoasini boshqarishga yana bir nomzod topildi
- 7-январ 2023, 12:42
- Javokhir Azimov
- 0
- Futbol
Belgiya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines yana ishga qaytishi mumkin.
"The Telegraph" nashrining yozishicha, u Portugaliya boshqaruviga kelishi kutilmoqda. Martines nomzodlar qatoriga kiritilgan. Robertodan tashqari ro‘yxatdan Joze Mourino, Zinedin Zidan, Luis Enrike va Lui van Gal kabi mutaxassislar ham nomzodlar orasida bor.
49 yoshli kouch Belgiya murabbiyi sifatida 2016-2022 yillar oralig‘ida faoliyat olib borgan. Bu vaqt ichida "qizil iblislar" 2018 yilgi Jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqqan.
Martines faoliyati mobaynida "Suonsi Siti", "Uigan Atletik", "Everton" kabi klublarda ham ishlagan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q