Polo: Mustaqillik kubogi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

  • 5 sentabr, 2022, 19:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Joriy yilning 3-4-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “UNIVERSAL JUMPING” ot sporti majmuasida polo sporti bo‘yicha Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

3 sentyabr kuni saralash bahslari o‘tkazildi va unda 7 ta jamoa final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib borishdi.

4 sentyabr kuni o‘tkazilgan final o‘yini O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari hamda Milliy Gvardiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda 6:3 hisobida g‘alaba qozongan O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari jamoasi ikkinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2 sentyabr kuni mazkur ot sporti majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shahar chempionati – 2022 musobaqasi bo‘lib o‘tgan edi. Sportchilar to‘rt xil balandlikda bahslarga kirishgan hamda yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib tarzda taqdirlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!