Pogba futboldan 4 yilga chetlashtirildi
- 29-феврал 2024, 20:18
- Suhrob Xolbekov
- 0
- Futbol
"Manchester Yunayted"dan "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan Pol Pogbada doping aniqlanib, 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Futbolchi esa hali ham taslim bo‘lmagan. U sport arbitraj sudiga shikoyat qilmoqchi.
Yarim himoyachida "Udineze" 3:0 hisobida mag‘lub qilingan kechada chidamlilikni ochiruvchi garmon aniqlangan va eng og‘ir jazoga tortildi. "Yuventus" bundan xabardor qilingan bo‘lsa-da, klub tomonidan hech qanday rasmiy bayonot berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba turinliklar safiga kelib qo‘shilganidan beri atigi 8 marta jamoa uchun maydonga tushdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q