Pogba - tugadi!

  • 15 may, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba joriy mavsum yakuniga qadar jarohatini davolashga ulgurmaydi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi kecha kutilmaganda A Seriyaning 35-turidan o‘rin olgan "Kremoneze"ga (2:0) qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi, biroq og‘riqni his qilgach zaxiraga olindi. Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi uchun tashhis aniq - u joriy mavsumda boshqa o‘ynamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba o‘tgan yozda "Yuventus"ga qaytgan, oradan ko‘p o‘tmay jiddiy jarohat olgan va o‘yin o‘tkazishga ulgurmagandi. Yarim himoyachi faqat fevral oyi oxirida maydonga qaytdi. Umuman olganda, u butun mavsum davomida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!