
Pike va Xavi Kataloniya terma jamoasidan chaqiruv oldi
Diario Sur tarqatgan xabarga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Jerar Pike ham tarkibga jalb etilgan. To‘liq tarkib bilan esa quyida tanishish imkoniga egasiz.
Darvozabonlar: Jordi Masip («Valyadolid»), Alberto Garsiya («Rayo Valekano»).
Himoyachilar: Jerar Pike («Barselona»), Mark Munesa («Jirona»), Mark Bartra («Betis»), Didak Vila («Espanol»), Martin Montoyya («Brayton»), Aleks Moreno («Rayo Valekano»), Aleysh Vidal («Sevilya»).
Yarim himoyachilar: Xavi («Al-Sadd»), Oskar Melendo («Espanol»), Joan Jordan («Eybar»), Oriol Romeu («Sautgempton»), Aleysh Garsiya («Rayo Valekano»), Ruben Alkaras («Valyadolid»), Aleks Granel, Pere Pons (ikkalasi – «Jirona»).
Hujumchilar Serxio Garsiya («Espanol»), Boyan Krkich («Stok Siti»), Enrik Galego («Ueska»), Jerar Deulofeu («Uotford»).
Ma’lumot uchun, mazkur uchrashuv 25 mart kuni Jironada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar