Peres "Real" futbolchisi "Oltin to‘p"ni olishiga ishonadi. Bu Benzema emas!

  • 5 iyul, 2022, 14:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rodrigo Goes "Real" bilan yangi shartnoma imzolagach, uning maoshi sezilarli darajada oshadi.

Tecno

Shu paytgacha jamoaning eng kam maosh oluvchi futbolchilaridan biri bo‘lgan vinger, endilikda soliqlardan tashqari yiliga 7 million evroga oladi.

Shartnomada shuningdek, turli yutuqlar uchun, jumladag, urilgan gollardan tortib "Oltin to‘p"ni olishgacha bo‘lgan yutuqlar uchun maxsus bonuslar berilishi ko‘rsatilgan. Ular hisobiga Rodrigoning maoshi yiliga 8 million evroga etishi mumkin.

Rodrigo - "Real" prezidenti Florentino Peres uchun eng umidli futbolchilardan biri hisoblanadi. Peres braziliyalik futbolchi yaqin yillarda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga ishonadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rodrigoning "Real" bilan yangi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "Real" safida barcha musobaqalarda jami 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!