
Pedro: "Roma"dan minnatdorman. Sababi..."
"Latsio" vingeri Pedro Rodriges sobiq jamoasi "Roma"ga uni hozirgi klubiga sotgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, jamoa Evropa ligasida g‘alaba qozonsa, favvorada cho‘milishga va’da berdi. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.
- Rimning asosiy jamoasiga, ya’ni "Latsio"ga meni sotgani uchun "Roma"dan minnatdorman. Faoliyatimni yakunlashdan oldin jamoa bilan kubok yutishni orzu qilaman. Biz Evropa ligasida g‘alaba qozonishimiz mumkin. Agar bu sodir bo‘lsa, men Trevi favvorasida cho‘milaman, - dedi Pedro.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli ispaniyalik futbolchi 2021 yilning yozidan beri "Latsio"da to‘p tepadi. Futbolchining Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar