
Pedri uchun APLdan xaridor chiqdi. "Barsa" qanday qarorga keladi?
"Manchester Citi" bosh murabbiyi Xocep Gvardiola jamoasining o‘yin uslubini davom ettirish uchun ideal futbolchi sifatida Pedrini ko‘rmoqda. Shu sababli, "shaharliklar" ispaniyalik yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun katta miqdordagi taklif bilan "Barselona" eshigini taqillatishga tayyor, deb xabar bermoqda "Fichajes" nashri.
Xabaringiz bor, Angliya klubi ko‘p yillardan buyon katta transferlar amalga oshirishga odatlangan, biroq Pedrini sotib olish oson bo‘lmasligi aniq. "Ko‘k-anorranglilar" uni jamoaning kelajagi uchun muhim o‘yinchi deb hisoblaydi va uning transferi borasida hatto muzokaralar olib borishni ham xohlamaydi.
Bundan tashqari, Pedri o‘zini kataloniyaliklar safida qulay his qilmoqda va yaqin kelajakda boshqa klubga o‘tish niyatida emas. Shu sabab, manchesterliklar qanday taklif bilan chiqishidan qat’i nazar, yosh yarim himoyachi "Barsa"da qolishi kutilmoqda, deb qo‘shimcha qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida 22 yoshli xavbek joriy mavsum 43 ta bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi esa 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar