
Pedri "Real"ning chempionlar ligasidan chiqib ketishini istamaydi. Biroq...
Bugun tungi soat 00:00 da "Manchester Siti" va "Real" Madrid jamoalari Evropa chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun maydonga tushadi. Mazkur to‘qnashuv oldidan "Barselona" klubi futbolchisi Pedri qisqacha fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Real"ning qoqilishini istayman, demoqchi emasman. Shunchaki, men "Siti"ning finalga chiqishini istayman. Qolaversa, menga Gvardiolaning futbol uslubi yoqadi", - dedi ispaniyalik yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" va "qaymoqranglilar" o‘rtasidagi ilk o‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakun topgan.
Fikrlar