
Pedri "Real"ni "troll" qildi
- 6-феврал 2023, 19:00
- Karim Xudayqulov
- 0
- Futbol
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Ispaniya chempionati doirasida "Sevilya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng "Real"ni "troll"qildi.
Yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqqa o‘zining suratini joylashtirib, libosidagi raqamni (8) belgilab ko‘rsatdi. Ayni vaqtda "ko‘k-anorranglilar" Madrid klubidan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 8 ochko oldinda. 
Keyiroq, Pedri ushbu suratni o‘chirib tashladi.
Qayd etish lozim, "qirollik klubi" 20-turda "Malorka"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q