Pedri mavsum startida tarkibga qaytishi mumkin
- 5-август 2024, 12:58
- Jahongir Inomjonov
- 0
- Futbol
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri La Liganing 1-turigacha tiklanishi mumkin.
Ispaniya terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi "Evro-2024" chorak finalida Germaniyaga qarshi o‘yinda chap tizzasidan jarohat olgan edi. Pedri bir yarim oyni o‘tkazib yuborishi kutilgandi.
Yarim himoyachi ayni damda yakka tartibda shug‘ullanmoqda va u "Valensiya" bilan 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan La Liganing ochilish o‘yinida ishtirok etishi ehtimoli bor.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q