"Paxtakor"ning 17 nafar futbolchisi O‘zbekiston terma jamoalariga chaqirildi

  • 29 may, 2022, 18:36
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari bilan bog‘liq tanaffus sababli Superligada deyarli uch hafta o‘yinlar o‘tkazilmaydi.

Tecno

Shu sababli Slavche Voyneski asosiy tarkib futbolchilariga 4 kunlik qisqa ta’til berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Mashg‘ulotlar 2 iyun sanasidan davom ettiriladi. 17 nafar futbolchi esa terma jamoalar yig‘iniga taklif oldi. Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jaev, Aziz Turg‘unboev va Dostonbek Hamdamov milliy terma yig‘iniga yo‘l oladi.

Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov va Abbos Fayzullaev O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Ushbu terma safida jami 11 nafar futbolchi "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Otabek Boymurodov, Abubakr Ashurov, Behruz Asqarov, Kirill Todorov, Izzat Po‘latov, Abbos Ergashboev, Shahriyor Jabborov va Rustam Turdimurodov esa O‘zbekiston U-20 terma jamoasi tarkibida Toshkent, Boku va Minsk shaharlarida yig‘inda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
30/05/2022 13:08
Korrupsiya