
"Paxtakor" klubining g‘alabalarida Alisher Usmonovning o‘rni qanday?
Niderlandiyaning «Vice» nashri «Paxtakor» jamoasi bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan telefon orqali bog‘langan holda suhbat tashkil etdi. Unda murabbiy jurnalistning jamoa g‘alabalarida Alisher Usmonovning o‘rni qanday, degan savoliga quyidagidek javob berdi.
- Mashg‘ulot kompleksi va stadion yangidan qurilish arafasida. Ammo bu uning yordami bilan top-legionerlarni jalb qilishimiz mumkin degani emas. Ha, Eren Derdiyok Evropada ancha mashhur. Biroq, maydonda sizga pullaringiz yordam berolmaydi.
Alisher Usmonov: “Paxtakor”ni sotishni istayotganlar qimmatroq narx aytishlari mumkin
Yoxan Kroyf, bir sumka pul gol urganini hech qachon ko‘rmaganman, degan edi. Bu juda to‘g‘ri gap. Nima bo‘lgan taqdirda ham biz homiy yordamida klub bazasini ancha yangilab oldik. Tibbiyot xodimlari soni va sifati jamoamizda sezilarli darajada ortdi. Avval futbolchilar jarohat olishsa, uylarida o‘tirishgan. Hozirda esa ular mutaxassislar bilan ish olib borishadi. Yoshlar bazasi ham takomillashtirildi. Biz o‘zimiz ko‘rib o‘rgangan Evropa uslubini bu erda ham tatbiq etishga urinmoqdamiz. Umuman, biz «Paxtakor»ga barcha jabhalarda yordam berishni maqsad qilganmiz, - dedi Arveladze.
Alisher Usmonov o‘zbek futboli va sevimli jamoasi haqida
Arveladze Niderlandiya nashriga O‘zbekistonning barcha davrlardagi eng kuchli 2 jamoasi haqida gapirdi. Ular qaysilar?
Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilning yozida Alisher Usmonov “Paxtakor” klubiga 20 million AQSh dollar miqdorida sarmoya kiritgani borasida xabarlar tarqalgandi. “Paxtakor” stadionining hozirgi o‘rnida yangi arena qurilishi, zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan FIFA talablari asosida loyiha qiymati 100 million AQSh dollarga teng stadion qurilishi rejalashtirilgandi.
Fikrlar