“Paxtakor” bosh murabbiyi “Real”ga borganida nimadan hayratlangan edi?

  • 14 noyabr, 2020, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Rossiya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida savollarga javob berish jarayonida turli qiziq fikrlarni ham bildirib o‘tdi.

Tecno

- Serxio Ramos yoki Virjil van Deyk kabi o‘yinchilar standart vaziyatlardan gol urib, o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yadi. Standartlar chog‘ida ularga qarshi himoyalanish imkonsiz. Buday pallada bor e’tiborni Ramos va Ronalduni yopishga qaratish kerak. Qolganlari muhim emas.

Men Karlo Anchelottining “Real”dagi mashg‘ulotlarida bo‘lganman. Ular mashg‘ulotlarda burchakdan to‘p uzatish bo‘yicha umuman shug‘ullangani yo‘q. Bir hafta kuzatdim, bunaqa bo‘lmadi. Men hayratlanib, ulardan “Standartlarga tayyorgarlik ko‘rmaysizlarmi?”, deb so‘radim. Ular “Nimasiga tayyorlanish kerak? Burchakdan to‘p uzatiladi, Ramos to‘pga tegsa gol, bo‘lmasa gol yo‘q. Jarima zarbalarini hisob qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Ronaldu tepadi. Ularga buni mashq qilishning nima keragi bor?” deyishdi, - deb eslaydi Shota Arveladze.

Ramos “Real”dan ketsa supershartnoma oladi

Dunyoning eng zo‘r to‘purarini ko‘pchilik tanimaydi. Ronaldu uning o‘rnini egallay oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!