Paulo Fonseka: "Roma" Tayson uchun 30 mln evro to‘lashni xohlamadi

  • 10 dekabr, 2019, 17:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Paulo Fonseka “Shaxtyor”dagi sobiq shogirdi Taysonni Rimga olib kelmoqchiligi haqida gapirib o‘tdi.

“Taysonni sotib olish bu mening mavsum startida qilgan iltimosim edi. Ammo, bu imkonsiz bo‘lib chiqdi. “Shaxtyor” uni o‘z safida olib qolishga qaror qildi va bu transfer amalga oshmadi.

Ular nega bunday qilishganini hozir tushunyapman. Tayson ajoyib o‘yinchi. Agar u “Roma”ga kelganida bizga katta yordam bergan bo‘lardi.

U judayam qimmatbaho o‘yinchi va biz uning yoshini ham inobatga olishimiz kerak. U 31 yoshda va biz bu yoshdagi futbolchi uchun buncha mablag‘ sarflashni xohlamadik”, - deydi Fonseka.

Eslatib o‘tamiz, “Shaxtyor” Tayson uchun “Roma”dan 30 mln evro talab qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!