Hozirgina Frantsiyaning Parij shahridagi "UFC Fight Night 258" turniri o‘z nihoyasiga etdi.
E’tiborlisi, ushbu oqshomning 13 ta jangidan 11 tasi muddatdan avval yakunlandi. Quyida barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Prelim:
Sem Xyuz 2-raundda sabmishn orqali Shona Bennonni engdi;
Rinat Faxretdinov 1-raundda Andreas Gustafssonni texnik nokautga uchratdi;
Robert Brychek 3-raundda Bred Tavaresni texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi;
Sem Patterson 1-raundda Trey Uotersni texnik nokaut qildi;
Kaue Fernandes 1-raundda texnik nokaut evaziga Garri Xardvikdan ustun keldi;
Ante Deliya 1-raunddayoq Marchin Tyburani texnik nokautga uchratdi;
Umar Si 1-raundda Brendson Ribeyroni engdi;
Asosiy kard:
Uilyam Gomis hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Robert Ruxala ustidan g‘alaba qozondi;
Aksel Sola 3-raundda Ris Makkini texnik nokaut qildi;
Meyson Jons 2-raundda Boladji Okini texnik nokaut bilan mag‘lub etdi;
Modestas Bukauskas 1-raunddayoq Pol Kreyni taslim etdi;
Nassurdin Imavov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Kayo Borralo ustidan g‘alaba qozondi.