
Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jahon kubogiga yo‘l oldi
- 10-май 2024, 18:48
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- 0
- Velosport
11-20 may kunlari Italiyaning Miniago shahrida para velosport bo‘yicha Jahon kubogining 3-bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Italiyaga jo‘nab ketishdi.
Jahon kubogida quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan:
Aziz Otaxo‘jaev
Azimbek Abdullaev
G‘olibbek Mirzayorov
Boymurod Yavkochev
Bunyod Xaytmaxammadov
Fotima Soipova
Fotima Xaydarova
Odina Xamdamova
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston para velosport terma jamoasi jamoaviy bahslarda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan.
Baxtiyor Toshtemirov.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q