Para dzyudo bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladik

  • 30 avgust, 2021, 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo dasturi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

E’tiborlisi, para dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo‘l olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar. Afsuski, Tokio shahriga etib borgach, 3 nafar para dzyudochimiz – Lobar Xurramova, Sevinch Salaeva hamda Vasila Aliboevada koronavirus infenktsiyasi aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchimiz Shuhrat Boboev esa bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. O‘ta og‘ir vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo‘llagani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Vaholangki, unda ham medal olish imkoniyati yuqori edi.

Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O‘zbekiston para dzyudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.


Erkaklar

-66 kg Uchqun Quronboev – oltin 
-73 kg Feruz Sayidov – oltin 
-81 kg Dovurxon Karomatov – kumush 
-100 kg Sharif Halilov – bronza 

Ayollar

-57 kg Parvina Samandarova – kumush 
-63 kg Nafisa Sheripboeva - bronza 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
30/08/2021 13:32
спортс.уз сайти ходимлари туликрок маълумотни беринглар. Озарбайжон жамоасидан кейинги 2-уринни эгалладик деб. ПараДзюдо 1.Озарбайжон 6 та олтин, 0 та кумуш, 2та бронза. 2.Узбекистон 2та олтин, 2та кумуш, 2 та бронза. 3. Эрон 2та олтин, 0 та кумуш, 0 та бронза.
Baxil Alihuja
30/08/2021 13:02
иккинчи урин кимдан кейин, аникрок ёзишни качон урганасизлар? Кайсидир давлатдан Колиб кетганимизни ёзишдан уяласизлар-ми? Афгонистон ва африка давлатлари билан солиштириб юраверинглар.
&
Машрабжон
30/08/2021 18:19
Иккинчи ўрин деди,бўлди-да.бу ерда ўрин айтмоқчи
Baxil Alihuja
30/08/2021 18:44
Маълумот тулик берилса, кизикарлирок булади! Хориж матбуотида тулик, аник ва холис маълумот берилади. Бизда эса мана шунака чаласавод журналистларимиз чала-ярим беришади.