O‘zingdan ketma, bola!

  • 28 oktabr, 12:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda Bundesliga chempioni “Bavariya” safida yangi iste’dod sohibi porlay boshladi. 17 yoshli yarim himoyachi Lenart Karl ajoyib o‘yinlari bilan muxlis mutazassislar e’tiboriga tushdi.

Tecno

Karl barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, Bundesliga va Evropa Chempionlar ligasida gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘z davrida “Bavariya”da porlagan niderlandiyalik Aren Robber yosh futbolchiga qimmatli maslahatlarini berdi.

-  Lenart Karl har qanday maqtovga sazovor, u ajoyib o‘yinchi ekan. Lekin u hozirgi vaziyatidan o‘ziga manfaat olishi kerak.

Karl har kuni o‘z ustida ishlashi shart va “Men hozir zo‘r o‘yin o‘tkazdim, hammasi joyida”, degan fikrga kelmasligi kerak.

Lenart mashaqqatli mehnat va mashg‘ulotlardan bo‘yin tovlamasin. Futbol cho‘qqisida uzoq qolgan buyuk o‘yinchilarning hammasi shunday qilgan. Cho‘qqiga chiqish yaxshi, lekin yuqori darajada qolish bu umuman boshqa narsa, - dedi Aren Robben.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!