O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari reytingi. Kim qanchaga baholandi?

  • 25 fevral, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ma’lumotlari asosida O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi. Ularning aksariyati legioner sifatida xorijiy mamlakatlarda to‘p surayotgan o‘yinchilardir.

Tecno

Hojiakbar Alijonov (23 yosh) — transfer narxi 900 000 evro. 2016 yildan beri “Paxtakor” tarkibida to‘p surayotgan futbolchi hozirgi kunda jamoaning asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi. Shuningdek, u O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hamdir.

a83051a41267682b990dc4d8cb368e26

Bobir Abduxoliqov (23 yosh) — Superligamizda “Nasaf” jamoasi sharafini munosib himoya qilgan yosh hujumchi qarshiliklar tarkibida 100dan ortiq o‘yinda 37 ta gol urgan. O‘zbekiston terma jamoasi vakilining transferi 900 000 evroga baholandi. U yangi mavsumni Ukrainaning “Rux” jamoasida o‘tkazadi.

444484

Odil Hamrobekov (25 yosh) —“Nasaf” tarbiyalanuvchisi hozirda “Paxtakor” etakchilaridan biri hisoblanadi. Uning transfer narxi bir million evroga etdi.

unnamed

Doston Hamdamov (24 yosh) — Rossiyadagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin “Paxtakor”ga kelib, o‘z  iste’dodini qayta namoyish qilgan “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisining transferi 1,2 million evroga teng. Doston joriy mavsumdan “An-Nasr” sharafini himoya qiladi.

hamdamov-nasr-withball

Odil Ahmedov (33 yosh) — Terma jamoamiz sardorining yoshi o‘tib borayotgani bois, uning transfer summasi ancha arzonlashdi. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi ayni paytda 1,2 million evroga baholanmoqda. O‘zbekiston va Xitoy chempioni bo‘lgan Odil hozir “Tyantszin Teda” klubi a’zosi hisoblanadi.

unnamed (1)

Oston Urunov (20 yosh) — Rossiya chempionatida “Spartak” tarkibini tark etib ijara asosida “Ufa”ga qaytgan hamyurtimiz 1,5 million evroga baholanmoqda. Endi u qadrdon jamoasi tarkibida yana o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.

1364bf4be4ca1d19.xl

Igor Sergeev (27 yosh) — “Paxtakor” tarkibida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan Igor uchinchi marta xorij chempionatida o‘z omadini sinab ko‘radi. UEFA a’zosi -  Qozog‘istonning “Aktobe” klubi safiga qo‘shilgan Sergeevning ayni paytdagi transfer narxi 1,5 million evroga teng.

297136_680

Aziz G‘aniev (23 yosh) — “Nasaf”ning yana bir tarbiyalanuvchisi anchadan beri xorijda muvaffaqiyatli o‘ynamoqda. “Shabab Al-Ahli” a’zosining transfer summasi 1,8 million evro ekani qayd etilgan. Azizning salohiyatini inobatga olgan holda bu narx yana ko‘tariladi.

600583_original

Jaloliddin Masharipov (27 yosh) —“Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi kreativ o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar ishonchini qozongan futbolchi nihoyat,  xorij chempionatida o‘zini sinab ko‘radi. Narxi 2 million evroga ko‘tarilgan Masharipov “An-Nasr” bilan bitim tuzganiga qaramay, ijara asosida “Shabab Al-Ahli”da o‘ynab beradi.

1613064585_jala_1

Otabek Shukurov (24 yosh) — Yosh bo‘lishiga qaramay, Otabek tajribali legionerdan biriga aylangan. Uning transfer narxi ham muntazam ko‘tarilib, 2,5 million evroga etdi. “Bunyokdor”da porlagan yarim himoyachi hozir “Sharja”da mahorat ko‘rsatmoqda.

a5844dd22e354cf74f81bfe6a09b4f7d

Eldor Shomurodov (25 yosh) —Kuchli beshlik chempionatlarida gol urgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylangan Eldor Shomurodovning  Transfermarkt portalidagi narxi 6,5 million evro ekani ko‘rsatilgan. Biroq, “Jenoa” futbolchi uchun 9 million evro atrofida mablag‘ sarfladi va qishki transferlar davrida 15 million evroga sotmagani haqida ma’lumotlar bor. A Seriyada muvaffaqiyatli o‘ynayotgan futbolimiz yulduzining narxi oshishda davom etadi.

90373b4f3cd8a1370aff064001d046f95fbfea7abdf5b924402606

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustamov Dilmurod
25/02/2021 11:26
Savol sizningcha bu yil super li
shempioni kim boʻladi. Javob. Chempionat Toshkent Niki albatta Toshkent dan boʻladi qolganlar futbol oʻynashadi
Rustamov Dilmurod
25/02/2021 11:17
Qoyil Eldor omadingni bersin
Rustamov Dilmurod
25/02/2021 11:17
Qoyil Eldor omadingni bersin