O‘zbekistonlik MMA vakili Rossiyada jang qildi

  • 31 avgust, 2021, 12:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

29 avgust kuni Rossiyaning Moskva shahrida “WEF Selection 37” turniri bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik MMA vakillari ham oktagonga ko‘tarildi.

Tecno

Jumladan, Farrux Madaminov shogirdi “Bo‘ston bo‘rilari” klubi a’zosi Shohruh Turg‘unov ham navbatdagi jangini o‘tkazdi. Unga qirg‘izistonlik Imarali Uulu raqiblik qildi.

Mazkur jang engil vazn (70.3 kg) toifasida o‘tkazildi. Yakunda, butun jang mobaynida raqibiga nisbatan aniq va faolroq bo‘lgan hamyurtimiz hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi.

Mazkur muvaffaqiyat bilan sportchimiz va uning murabbiylarini muborakbod etamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!