
O‘zbekistonlik hakamlar JCh-2026 saralash o‘yinlarini boshqarib borishadi
Joriy yilning 5 iyun kuni Osiyo qit’asida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, saralash bosqichi doirasidagi ikki uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi.
Indoneziya — Xitoy (Toshkent vaqti bilan 18:45da start oladi)
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov
To‘rtinchi hakam: Asker Najafaliev
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Abdurashid Xudoyberganov
Bahrayn — Saudiya Arabistoni (Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko va Temur Gaynullin
To‘rtinchi hakam: Akobirxo‘ja Shukurullaev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Hakamlarimizga ushbu uchrashuvlarda omad tilab qolamiz!
Fikrlar