O‘zbekistonga qarshi saf tortadigan Urugvay nimasi bilan kuchli?
Kelasi yil yozda birdaniga uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksika birgalikda mezbonlik qiladigan navbadagi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston va Urugvay terma jamoalari 13 oktyabr kuni Malayziyada o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialda ishtirok etish huquqini ilk bor qo‘lgi kiritdi. Urugvay terma jamoasi esa, jahon chempionatida katta tajriba to‘plagan va ikki marotaba futbol olamining eng nufuzli musobaqasida g‘olib chiqqani bilan mashhur.
Sports.uz portali bo‘lajak uchrashuv oldidan Urugvay milliy terma jamoasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qiladi.
Urugvay to‘rtta uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmayapti
Urugvay milliy terma jamoasi oxirgi to‘rtta uchrashuvda bitta durang va uchta g‘alaba qayd etdi. Bu jamoa bundan avval 12 ta uchrashuvdan faqat bittasida o‘yinning asosiy vaqtida g‘alaba qozona olganini inobatga olsak, oxirgi to‘rtta bahsdagi natijalar katta o‘sishdan dalolat beradi.
Urugvay jahon chempionati saralash turnirining oxirgi uchta uchrashuvida to‘qqiz imkoniyatdan etti ochko jamg‘arib, mundial yo‘llanmasini naqd qildi. Yagona durang oxirgi turda rasmiyatchilik uchun Chili maydonida o‘tkazilgan o‘yinda qayd etildi.
Oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida urugvayliklar Dominikan Respublikasi terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, minimal hisobda zafar quchdi.
Marselo Belsa yulduzlarni bezovta qilmadi
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa bu galgi yig‘inga Evropaning top-klublarida o‘ynayotgan bir necha futbolchilar, xususan, “Real”dan Federiko Valverde, “Barselona”dan Ronald Arauxo va yozda “Liverpul”dan “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tgan Darvin Nunesni chaqirmadi.
Terma jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan keyin murabbiylar shtabi bu o‘yinchilarga qo‘shimcha hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratib berishga qaror qildi.
Biroq yig‘inga taklif etilgan orasida Santyago Bueno, Santyago Mourino, Nikolas Marichal, Rodrigo Salasar va darvozabon Franko Israel kabi nomdor o‘yinchilar bor.
Urugvay himoyada mustahkam
Urugvay terma jamoasi oxirgi marta iyun oyida Paragvay bilan safarda o‘tkazilgan bahsda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Undan keyin qatorasiga to‘rtta uchrashuvdan iborat quruq seriya davom etmoqda. Bu 2022 yili terma jamoa beshta o‘yinda gol o‘tkazmagan davrdan beri eng yaxshi natija.
Ana shu to‘rtta uchrashuvdan uchtasida hujumchilar o‘zini ko‘rsatgani e’tiborga molik. Ammo hozirgi Urugvay terma jamoasi neytral yoki raqib maydonida bo‘ladigan o‘yinlarda bittadan ko‘p gol urishga qiynalayotgani eng katta kamchiliklardan hisoblanadi.
Bo‘lajak jahon chempionati ishtirokchilari hisoblangan O‘zbekiston va Urugvay o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 13 oktyabo kuni Malayziyada Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi.
Husanov, raqobatching charchadi!
“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi
Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi



Fikrlar