O‘zbekistonda media futbol ligasining ilk mavsumi o‘tkaziladi
- 16-декабр 2025, 04:04
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Bugun O‘zbekiston media futbol ligasining (United MFL) dastlabki mavsumiga bag‘ishlangan konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, mamlakat sportida ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Tashabbus hamyurtlarimiz orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Konferentsiya davomida bo‘lajak musobaqa haqida batafsil ma’lumot berildi.
Rejaga ko‘ra, chempionat 2026 yilning 1 mart kuni start olib, 14 iyuniga qadar davom etadi. Unda 16 jamoa ishtirok etadi. Shu bilan birga, kelgusida United MFL doirasida kubok bellashuvlarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Bu haqda MOQ xabar berdi.