
O‘zbekiston U16 terma jamoasi bugundan yig‘inga kirishadi
O‘zbekiston U16 terma jamoasi bugundan Milliy futbol markazida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. Sergey Chigodaev boshqaruvidagi o‘smirlarimiz 15 sentyabrga qadar Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazadi.
Shundan so‘ng Chernogoriya va Vengriyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketadi.
Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati bilan tanishing.
Fikrlar