O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchilar mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
- 6-январ, 19:50
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchilarning tibbiy va jismoniy ko‘rikdan o‘tkazilishi davom etmoqda. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, bugun ham milliy terma jamoaga nomzod futbolchilar tibbiy va jismoniy ko‘rikdan o‘tkazildi. Murabbiylar shtabi ularning jismoniy holati, sog‘ligi hamda funksional ko‘rsatkichlarini batafsil tahlil qilib, qayd etib bormoqda. Rejaga ko‘ra, ertaga ham tibbiy va jismoniy ko‘rik ishlari davom ettiriladi.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro shogirdlari musobaqaning "K" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo / Yangi Kaledoniya / Yamayka jamoalari bilan bahs olib boradi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q