
O‘zbekiston Superkubogi birinchi marta qaerda o‘tkazilgan va qaysi jamoa g‘olib bo‘lganini bilasizmi?
Bugun O‘zbekiston Superkubogi o‘tkaziladi. Unda "Paxtakor" va "Nasaf" o‘zaro bellashadi. Uchrashuvga Jizzax shahri mezbonlik qiladi. Bahs 19:30da start olishi belgilangan.
O‘yindan oldin Superkubokka oid ma’lumotlarni taqdim etamiz.
Bitta uchrashuvdan iborat Superkubok birinchi marta 1999 yil Farg‘onadagi "Neftchi" stadionida o‘tkazilgan. Unda kubok sohibi "Navbahor" va chempion "Paxtakor" o‘zaro bahs olib borgan. 6000 tomoshabin tashrif buyurgan bellashuvda "lochinlar" 4:2 hisobida zafar quchgan.
Fikrlar