
O‘zbekiston OTJ futbolchisi Oybek Bozorov nominant bo‘lgan OFKning eng chiroyli goli aniqlandi. Unga ko‘ra...
Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi. Qit’a birinchiligida bir-biridan chiroyli gollar urildi.
OFK chempionatning eng chiroyli golini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Nomzodlar orasida Oybek Bozorovning BAA darvozasiga kiritgan goli ham bor edi.
So‘rovnoma bugun yakunlandi. Unga ko‘ra Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi futbolchisi Feras Albrikanning Suriyaga urgan goli birinchi o‘rinni egalladi. Hujumchi 40 % ovoz to‘pladi.
Ikkinchi o‘rinda esa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Oybek Bozorovning BAA darvozasiga kiritgan goli joy oldi. Hamyurtimiz 37 foiz ovoz jamg‘ardi. Kuchli uchlikni 13 % ovoz bilan tailandlik Supachok Sarachatning goli egalladi.
Fikrlar