
O‘zbekiston o‘ta og‘ir kechgan bahsda 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi, Nazarov penaltilar seriyasi qahramoni!
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining chorak final bosqichi doirasidagi O‘zbekiston - Iroq uchrashuv nihoyasiga etdi.
Dastlab, 12-daqiqada darvozabonimiz Abduvohid Ne’matov qizil kartochka tufayli maydonni erta tark etdi. Raqib futbolchisi penaltidan hisobni ochdi. So‘ngra, vakillarimiz Jasur Jaloliddinov aniq zarbasi va Ammar Husainning avtogoli evaziga hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. 68-daqiqada Ammar Falih muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa, vakillarimiz 3:2 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar