O'zbek legionerlari gol urgan bahsdan keyin "Bashakshehir" murabbiyi nimalar dedi?
- 4-феврал, 23:46
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Turkiya Kubogi A guruhining 3-turi doirasida "Istanbul Bašakšeҳir" jamoasi safarda "Fatih Karagümrük"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng "Bašakšeҳir" bosh murabbiyi Nuri Šaҳin matbuot anjumanida fikr bildirdi.
"O‘yinni boshidan oxirigacha nazorat qildik va juda ko‘p golli vaziyatlar yaratdik. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik. To‘plar nisbati uchun yana ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Futbolchilarimni tabriklayman. Kubokda "Trabzonspor"ga qarshi finalga teng bahs o‘tkazamiz. O‘sha o‘yinda ham g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishni istaymiz", — dedi mutaxassis.
Nuri Šaҳin "Bu mavsum Turkiya Kubogida final yoki chempionlikni maqsad deb bilasizmi?" degan savolga quyidagicha javob berdi:
"Albatta. Bu — bizning aniq maqsadimiz. Ushbu tizimda guruhdan chiqish oson emas. Taқvim jihatidan ham katta ustunligimiz bo‘lmadi. Chempionatning ilk uchligidan ikki jamoa bilan o‘ynayapmiz. Ammo bu bahona emas. Inshaalloh, "Trabzonspor"ni ham mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqmoqchimiz. Keyingi bosqichga chiqsak, eng kuchli 8 jamoa safiga qo‘shilamiz. U yerdagi asosiy maqsadimiz — finalda o‘ynash va kubokni qo‘lga kiritish".
Shuningdek, uchrashuvda gol urib, o‘yini bilan e’tibor qozongan xorvatiyalik chap qanot futbolchisi Ivan Brnić haqida ham to‘xtalib o‘tdi:
"Ivan Brnić biz uchun juda muhim futbolchi. Qachon maydonga tushsa, foyda keltiradi. Uning nomidan juda xursandman. Bir-birimizni yanada yaxshiroq tushuna boshladik. Avvalroq to‘psiz harakatlarda muammolari bor edi, hozir esa bir-birimizni juda yaxshi anglayapmiz, deb o‘ylayman", — dedi Nuri Šaҳin.
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuvda hamyurtlarimiz Eldor Šomurodov va Abbosbek Fayzullaev ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ydi.