Otabek Ahadov: Hali hammasi oldinda

  • 16 avgust, 15:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"So‘g‘diyona" Superliganing 19-turida "Paxtakor" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda Ibrohim Ibragimov va Hojiakbar Alijonov bittadan gol urishdi. Bahsdan keyin "bo‘rilar" himoyachisi Otabek Ahadov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

Bugungi o‘yin kutilganidek qiyin boshlandi. Taktikalarimiz biz o‘ylagandek ish berdi, lekin omad etishmadi. 

Klubgga transferlar oynasida bir qancha futbolchilar kelib qo‘shildi, shuningdek, himoyachilar ham. Raqobat haqida nimalar deya olasiz?

Jamoada barcha pozitsiyalarda raqobat bor. Mashg‘ulotlarda kim o‘zini yaxshi ko‘rsatsa, shu maydonga tushmoqda. 

"So‘g‘diyona"ga g‘alaba uchun nimalar etishmayapti?

Hamma narsa yaxshi, faqat hujumlarni yakunlashdi oqsoqlanyapmiz. Qolgan hammasi o‘z joyida. 

"Nasaf"ga qarshi o‘yinda o‘z darvozasingizni ishg‘ol qilib qo‘ydingiz. Shundan keying sizni kayfiyatsiz holda ko‘rdik. O‘sha paytda Ivan Boshkovich sizga nimalar dedi?

O‘yindan keyin motivatsiya burib, tushkinlikka tushmaslikni aytib o‘tdi. 

Muxlislarga nima degan bo‘lardingiz?

Hali hammasi oldinda, qo‘llab quvvatlashda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!