
Ot sporti. Mustaqillik kubogida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
“Universal Jumping Agro” ot sporti klubida polo bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi bo‘lib o‘tdi.
Har yili muntazam o‘tkazilayotgan bu galgi musobaqada 7 jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. 2 kun davom etgan bellashuvlarda Chegara qo‘shinlari va Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi jamoalari finalgacha etib keldi.
Murosasiz ruhda kechgan o‘yin 6:3 hisobida chegarachilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Qayd etish joiz, o‘tgan yilgi turnirda ham Chegara qo‘shinlari jamoasi muvaffaqiyat qozongan edi.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar