Oston O‘runov nima sababdan "Ufa"ning kechagi o‘yinida ishtirok etmadi? Bosh murabbiy javob qaytardi

  • 11 aprel, 2021, 08:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ufa" klubi Rossiya Premer-ligasi 25-turi doirasida "Axmat"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida Oston O‘runov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. Jamoa bosh murabbiyi Aleksey Stukalov hamyurtimiz nima sababdan o‘ynamaganiga izoh berdi.

Tecno

"Oston O‘runovda son qismidan kichik jarohat bor edi. Shuningdek, Nemanya Miletich ham jarohat oldi. Qay darajada jiddiy ekanligini hozircha bilmayman", - dedi Stukalov matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, "Axmat" ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga ufaliklar hisobidagi ochkolar soni 17 taga etdi va jamoa hamon "xavfli hudud" bo‘lgan 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!