
O‘runov jamoasi “Spartak”ni uzr so‘rashga majbur qildi!
“Spartak” jamoasi o‘zining tashkil etilganining 99 yilligi nishonlanayotgan kunda o‘z maydonida “Ufa”dan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragani klub prezidenti Leonid Fedunning g‘azabani keltirdi.
- Jamoa murabbiylari va o‘yinchilari klub tashkil etilgan sana tantana qilinayotgan kunda “Ufa” qarshi o‘yinga mas’uliyatsizlarcha yondashgani uchun muxlislardan uzr so‘rashi kerak, deb hisoblayman. Yaqinlashib kelayotgan derbida vaziyatni o‘nglash shart, - dedi Leonid Fedun.
Joriy mavsumda chempionlik uchun kurashayotgan “Spartak” ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z imkoniyatlarini sezilarli darajada pasaytirib yubordi. Ayni paytda Fedun jamoasi hisobida 47 ochko bor. Uchinchi o‘rinda borayotgan “Spartak” musobaqa peshqadami “Zenit”dan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda.
“Spartak” va “ Zentit” o‘rtasida joylashgan “Lokomotiv” futbolchilari 49 ochko jamg‘argan va nazariy jihatdan chempionlik uchun kurashni davom ettirish imkoniga ega.
Fikrlar