“Oltin to‘p” taxtini topshirgan Messi nimalar dedi?

  • 29 oktabr, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Futbolchilar uchun beriladigan eng nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p”ni sakkiz marotaba qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatgan Lionel Messi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Oltin to‘p” taqdimoti nominantlari va barcha g‘oliblarini chin dildan tabriklayman.

Ayniqsa, yana bir marotaba jahonning eng zo‘r darvozaboni bo‘lgan Emiliano Martinesni alohida muborakbod etaman. Ofarin, - dedi Lionel Messi.

Ta’kidlash joizki, “Aston Villa” va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines 2023-2024 mavsumi yakunlariga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi posboni sifatida e’tirof etilib, Lev Yashin sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Oltin to‘p” sovrini esa, bu gal “Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodriga topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!