
"Olimpik" xorij yig‘inidagi oxirgi o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi
Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Olimpik" bugun Turkiyadagi yig‘inni yakunladi.
Oxirgi o‘yinda Kapadze shogirdlari Qirg‘iz Respublikasi vakili "Alay"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Dastlab, Jasur Jaloliddinov hisobni ochdi, Ruslan Jiyanov esa oradagi farqni oshirdi.
Ikkinchi taymda Rustam Azimov dublni nishonlab, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Fikrlar