
O‘g‘limni “Barsa”ga olinglar!
“Yuventus”dan ketishi oydinlashib qolgan frantsiyadik Adrien Rabo faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirmoqchi.
FootMercato nashrining yozishicha, Adrienning manfaatlarini agent sifatida himoya qilayotgan onasi kataloniyaliklarga murojaat qilib, o‘g‘lini jamoaga qabul qilishni so‘ragan.
Raboning onasi o‘g‘li “Barselona”da yillik 8 million evroga o‘ynashga tayyor ekanini bildirgan.
Hozircha, kataloniyaliklar bu taklifga javob qaytargani yo‘q. Bu masalada hal qiluvchi qaror “Barselona”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Xans-Diter Flik tomonidan qabul qilinadi.
29 yoshli Adrien Rabo faoliyatining katta qismini Frantsiya va Italiya chempionatlarida o‘tkazib kelmoqda. Yarim himoyachi o‘z yurtida “Tuluza” va PSJ sharafini himoya qilgan. “Yuventus”da 2020 yildan beri o‘ynab kelmoqda.
Fikrlar