
Og‘ir atletika. Osiyo chempionatini bronza medal bilan boshladik!
Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Ilk kunning o‘zida terma jamoamiz dastlabki medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Bundan biroz avval ayollar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazilmoqda va dast ko‘tarish mashqlari o‘z yakuniga etdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jamila Panfilova dast ko‘tarishda 79 kg bilan bronza medaliga ega chiqdi.
Fikrlar