
Og‘ir atletika. Hojiakbar Olimovdan oltin va kumush medallari
Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar!
Yosh og‘ir atletikachimiz Hojiakbar Olimov ajoyib ishtiroki bilan olqishlarga sazovor bo‘ldi. -89 kg vazn toifasida ishtirok etgan Olimov dast ko‘tarish mashqida 145 kg bilan kumush, siltab ko‘tarishda esa 192 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikki kurash hisobida 337 kg qayd etgan polvonimiz shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Alirizo Moeni (Eron) - 357 (166+191) kg
Hojiakbar Olimov (O‘zbekiston) - 337 (145+192) kg
Ali Keshtkar (Eron) - 327 (141+186) kg
Fikrlar